Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida Gumanitar fanlar va jismoniy tarbiya kafedrasi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligiga bag‘ishlangan institut miqyosidagi olimpiada o‘tkazildi.
Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash, Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini chuqur o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishdan iborat bo‘ldi.
Olimpiadada faol ishtirok etgan talabalar o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar va quyidagi o'rinlarni qo'lga kiritdilar:
1-o‘rin — ENG-FU-25 guruhi talabasi Habiba Azizova
2-o‘rin — TNA-AU-25 guruhi talabasi Ummatova Mohida
3-o‘rin — TNA-AU-25 guruhi talabasi Jakbaraliyeva Muxtasar
G‘olib va ishtirokchilar institut rahbariyati hamda Davlatobod tumani “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi raisi Alijon Qodirov tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Tadbir yoshlar o‘rtasida konstitutsiyaviy bilimlarni targ‘ib qilish, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.