Zo‘ravonlikka qarshi kurash – yoshlarimiz xavfsizligi uchun

Yangilik madaniy

Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida “Zo‘ravonlikka qarshi kurash” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Respublika Istiqbolli Avlod ijtimoiy axborot markazining Namangan bo‘limi mutaxassisi O.Shamsiddinov hamda “Men va Oilam” jamoat birlashmasi vakili A.Abdusalomov ishtirok etdi.

Tadbir davomida zo‘ravonlikning turlari, uning shaxs va jamiyatga salbiy ta’siri, yoshlar ongida huquqiy madaniyatni shakllantirish va sog‘lom ijtimoiy muhit yaratish bo‘yicha keng qamrovli tushuntirishlar berildi.

Uchrashuvni Institut Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N.Atabayeva, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi S.Xolmatova hamda psixolog L.Abdug’apporova tashkil etdi.

Ishtirokchilar amaliy tavsiyalar, foydali ma’lumotlar va zo‘ravonlik holatlarini oldini olish bo‘yicha muhim ko‘rsatmalar bilan tanishtirildi. Tadbir yoshlarni huquqiy madaniyatga ega, salbiy odatlardan uzoq va xavfsiz ijtimoiy muhitda yashashga undashga qaratilgan edi.