“Konstitutsiyaga hurmat – Vatanga, jamiyatga va inson qadriga bo‘lgan hurmatdir.”

Yangilik madaniy

Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillar instituti Axborot-resurs markazida  
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan Axborot resurs markazi hamda "Oʻzbek va sharq tillari" kafedrasi oʻqituvchisi S. Usmonovalar birgalikda maʼnaviy maʼrifiy tadbir tashkil etildi. 

Tadbirda Konstitutsiyamizning yaratilish tarixi, uning davlatimiz hayotidagi o‘rni va fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini ta’minlashdagi asosiy tamoyillari haqida batafsil ma’lumot berildi. Ishtirokchilar uchun huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan ma’ruza va taqdimotlar tashkil etildi.

Shuningdek, markaz fondida joylashgan “Konstitutsiya – baxtimiz poydevori” mavzusidagi kitoblar ko‘rgazmasi namoyish etildi. Yoshlar bilan savol-javoblar, fikr almashinuvi ochiq muloqot tarzida o'tdi.

Tadbir yakunida Asosiy Qonunimizga hurmat, qonunga itoatkorlik va huquqiy madaniyatni yuksaltirish har bir fuqaroning muhim burchi ekani ta’kidlab oʻtildi.