Yoshlar tarix va madaniyat bilan tanishmoqda

Yangilik ilmiy

Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida “Yoshlarning muzeylarga tashrifi” loyihasi doirasida barcha fakultet va bosqichlarda tahsil olayotgan talabalar davomli madaniy-ma’rifiy uchrashuvlarda ishtirok etmoqdalar. Loyihaning asosiy maqsadi — yoshlarni tarixiy va madaniy merosimiz bilan yaqindan tanishtirish, ularni milliy qadriyatlarimizni hurmat qilish ruhida tarbiyalashdir.

Til va tarjima fakulteti tyutori M.Usmonova boshchiligida TM-AU-25 guruh talabalari bilan birgalikda “Oʻn bir Ahmad” ziyoratgohiga sayohat uyushtirildi. Talabalar ziyoratgohning tarixi, qadriyatlari va mazmun-mohiyati bilan tanishib, madaniy-ma’rifiy bilimlarini boyitdilar.

Turizm yoshlar tarbiyasida muhim vosita hisoblanadi. Ayniqsa, ichki turizm — talabalarimizning Vatanimiz tarixini, madaniyatini va an’analarini chuqurroq anglashida katta ahamiyatga ega. Shu orqali ular nafaqat bilimlarini boyitadi, balki milliy o‘zlik va vatanparvarlik ruhida tarbiyalanadi.

Talabalar interaktiv mashg‘ulotlarda qatnashib, tarixiy va madaniy merosimizga nisbatan qiziqishlarini oshirdilar. Ushbu safarlar yoshlarimizning tarixiy merosimizga hurmatini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.