Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida talabalarni giyohvandlikning salbiy oqibatlari va uning shaxsiy, oilaviy hamda ijtimoiy hayotga ta’siri bilan tanishtirish, ongli turmush tarzini shakllantirish hamda xavfsiz hayot prinsiplarini mustahkamlash maqsadida Til va tarjima fakulteti tytutori J.Abdurazzoqov hamda Gumanitar fanlar va jismoniy tarbiya kafedrasi o‘qituvchisi B.Djalolov rahbarligida “Giyohvandlik — XXI asr vabosi” shiori ostida ma’rifiy tadbirlar, psixologik profilaktika mashg‘ulotlari va huquqiy tushuntirish suhbatlari bo‘lib o‘tdi.
Tadbir doirasida mutaxassislar ishtirokida “Ogohlik hayot kafolati” mavzusida seminar tashkil etilib, talabalar giyohvandlikning sog‘liqqa, shaxsiy va ijtimoiy hayotga salbiy ta’siri, stress va ijtimoiy bosimlarga bardosh berish, mas’uliyatli qarorlar qabul qilish hamda qonuniy javobgarlik masalalari bo‘yicha chuqur bilim va ko‘nikmalarni egallash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Ushbu tadbir institutimizda sog‘lom va xavfsiz ijtimoiy-madaniy muhitni yaratish, talabalar orasida ongli, mas’uliyatli va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga xizmat qilmoqda. Tadbirda talabalarning faol ishtiroki, savol-javoblar va interaktiv mashg‘ulotlar orqali ularning bilimlari yanada mustahkamlandi, ongli qaror qabul qilish ko‘nikmalari rivojlantirildi.