Doktorantura va tayanch doktorantura imtihonlari tashkil etildi

Yangilik ilmiy

 Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida 2025-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim — doktorantura va tayanch doktorantura yo‘nalishlariga kirish imtihonlari belgilangan tartib asosida o‘tkazildi. Mazkur imtihonlar doirasida nomzodlarning ilmiy tayyorgarligi, mustaqil tadqiqot olib borish ko‘nikmalari, akademik salohiyati hamda tanlagan yo‘nalish bo‘yicha bilim darajasi baholanadi.

Imtihon jarayoni avvalida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor, Murodilla Yakubbayev tomonidan doktorantura bosqichida ilmiy faoliyatni samarali tashkil etish talablari, baholash mezonlari va me’yoriy hujjatlar talablari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Jarayon davomida xolislik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida yo‘nalishlar bo‘yicha yetuk ilmiy darajaga ega professor-o‘qituvchilar ekspert sifatida jalb qilingan bo‘lib, baholash mezonlari asosida nazorat va monitoring ishlari olib borildi.

Institutning qabul tizimi va ta’lim sifatiga oid belgilangan talablar asosida imtihonlar yuqori darajada tashkil etildi. Nomzodlarga ilmiy izlanishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.