Bugun kun davomida “Eng faol milliy g‘oya va ma’naviyat targ‘ibotchisi”, “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha eng yaxshi kafedra” hamda “Eng faol xotin-qizlar maslahat kengashi raisi” nominatsiyalari nomzodlarining taqdimotlari bo‘lib o‘tdi.
Ishtirokchilarni baholashda nomzodlarning tayyorlagan taqdimoti, notiqlik mahorati, yangilanayotgan O‘zbekistondagi islohotlar mohiyatini izchil, mantiqiy asoslash qobiliyati, daxldorlik tuyg‘usining namoyon etilishi hamda Hakamlar hay’ati tomonidan berilgan savollarga javob berishiga asosiy ahamiyat qaratilmoqda.
Har bir nominatsiya bo‘yicha nomzodlarning taqdimotlari yakunlangach, Hakamlar hay’ati tomonidan yakuniy natijalar e’lon qilindi. Ko‘rik-tanlovning saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, final bosqichida ishtirok etgan barcha ishtirokchilarga vazirlikning tashakkurnomalari topshirildi.
Respublika bosqichining “Eng yaxshi tyutor” va “Eng faol islohotlar targ‘ibotchisi” nominatsiyalari bo‘yicha nomzodlarning taqdimotlari ertaga soat 09:30 dan boshlab davom ettiriladi.