Xalqaro hamkorlik ko‘lami kengaymoqda!

Yangilik madaniy
Xalqaro hamkorlik ko‘lami kengaymoqda!

Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida Qirg‘izistonning Osh davlat universiteti (OshGU)dan 15 nafar xorijiy talaba exchange program doirasida mehmon bo‘ldi.

Tashrif davomida xorijlik talabalar institutimiz faoliyati, o‘quv jarayoni, fakultetlar va xalqaro aloqalar yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishdilar. Ular uchun maxsus taqdimotlar, tanishtiruv ekskursiyalari hamda ochiq muloqotlar tashkil etildi.

Uchrashuv jarayonida: 
— Ikki mamlakat ta’lim tizimlari solishtirildi
— Hamkorlik doirasida qo‘shma loyihalar istiqbollari muhokama qilindi
— Madaniy yaqinlik va do‘stlikni mustahkamlovchi suhbatlar olib borildi.

Bunday almashinuv dasturlari yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi, ta’lim va madaniy hamkorlikni yanada mustahkamlaydi.

Do‘stlik, taraqqiyot va buyuk kelajak yo‘lida birgalikda!