“Talaba ma’naviyat fidoiysi” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi

Yangilik madaniy

Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida talabalarning ma’naviy saviyasi, ijtimoiy faolligi va iste’dodini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Talaba ma’naviyat fidoiysi” ko‘rik-tanlovi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Talabalar ma’naviyat, Vatanga sadoqat, Ibrat merosi, ijodiy yondashuv kabi yo‘nalishlarda o‘z bilim va qobiliyatlarini namoyish etdilar.

Tanlov 3 bosqichda o‘tkazilib, ishtirokchilar bilimdonlik, shaxsiy ma’naviy faoliyat va sahnaviy ijod mezonlari asosida baholandi.

Tanlov g‘oliblari: 
1-o‘rin — Marg‘uba Abdujabborova
Bazaviy stipendiyaning 1,5 barobari bilan taqdirlandi.
2-o‘rin — Qurbonoy Muhammadjonova
Bazaviy stipendiyaning 1,0 barobari bilan taqdirlandi.
3-o‘rin — Maftuna Rasulova
Bazaviy stipendiyaning 0,5 barobari bilan taqdirlandi.

G‘oliblar rektor diplomi bilan taqdirlandi, barcha ishtirokchilarga esa sertifikatlar topshirildi.

Ushbu tanlov talabalarning ma’naviy barkamolligini oshirish, ularda yetakchilik, nutq madaniyati va ijtimoiy faollikni rivojlantirishga xizmat qildi.