“Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni” munosabati bilan insholar tanlovi tashkil etildi

Yangilik ilmiy

 Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida “Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni” munosabati bilan “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida talabalar o‘rtasida insholar tanlovi o‘tkazildi.

Mazkur tanlov institut rektorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi N.Atabsyeva va institut tyutori M.Mirg‘aniyeva tomonidan XTA-AU-BU-CU-25 guruhlarda tashkil etildi.

Talabalar insho yozish jarayonida zo‘ravonlikning turli ko‘rinishlari, ayollarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, zo‘ravonlikka uchragan ayollarga va bolalarga yordam berish hamda zo‘ravonlikka barham berish masalalari yuzasidan o‘z fikrlarini yoritdilar.

Tanlov yakunida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Insholar tanlovi ishtirokchilarda ayollarga nisbatan hurmat, mehr-oqibat va mas’uliyat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.