Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti O’zbek va Sharq tillari kafedrasi o‘qituvchisi Baqoyev Navro’zjon tashabbusi bilan Onodera User Run kompaniyasi vakili A.Abdug’aniyev institutga tashrif buyurdi.
Uchrashuvda yapon tili guruh talabalari bilan kompaniya faoliyati haqida ma’lumot berildi va Yaponiya bo‘yicha yuqori darajadagi ish joylariga taklif qilindi.
Onodera User Run kompaniyasi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, yapon tilini o‘rganuvchi talabalarning bandligini oshirish va ijtimoiy faolligini rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli loyihalarni amalga oshiradi. Kompaniya yoshlarning ehtiyoj va fikrlarini o‘rganib, ular uchun munosib loyihalarni yo‘lga qo‘yadi, amaliyot va ish imkoniyatlarini yaratadi hamda turli ijtimoiy loyihalarda homiylik qiladi.
Uchrashuv davomida kelajakdagi rejalar va o‘zaro hamkorlikning istiqbollari muhokama qilindi.