“История Будущего” madaniy chempionati

Yangilik ilmiy

 Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Til va tarjima fakultetining XTA-CR-25 guruh talabasi Mardonaliyev Jamshidbek xalqaro miqyosdagi “История Будущего” madaniy chempionatida ishtirok etmoqda.

Mazkur chempionat butun dunyo bo‘ylab madaniy va ijodiy yo‘nalishlarning jadal rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning ijodiy salohiyatini kengaytirish hamda ijodkorlikka oid yangi kasblar bo‘yicha imkoniyatlar yaratish maqsadida “Rossiya madaniyat jamg‘armasi” tomonidan tashkil etiladi.

Tadbir har yili noyabr oyida Rossiyaning Sochi shahrida o‘tkazilib, turli davlatlardan iste’dodli yoshlarni bir maydonga jamlaydi va ular uchun zamonaviy kreativ loyihalarda ishtirok etish imkoniyatini taqdim etadi.