“Ma’rifat ulashib” eshittiruvida institut faoliyati yoritildi

Yangilik madaniy

Namangan viloyati teleradiokompaniyasining “Namangan radiokanali"da efirga uzatilgan “Ma’rifat ulashib” eshittiruvida Namangan davlat chet tillari instituti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti M.Qoraboev jonli efir mehmoni sifatida ishtirok etdi.

Efir davomida institutning ta’lim yo‘nalishlari, o‘quv jarayoniga joriy etilayotgan innovatsion pedagogik texnologiyalar, xorijiy tillarni o‘qitishda yaratilayotgan ilmiy-amaliy muhit, shuningdek, xalqaro hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan ustuvor loyihalar haqida batafsil ma’lumot berildi.