"JADID" gazetasining navbatdagi sonida muzey direktorining maqolasi chop etild

Yangilik madaniy
"JADID" gazetasining navbatdagi sonida muzey direktorining maqolasi chop etild

O‘zbekiston so‘nggi yillarda o‘z tarixining murakkab va fojeali sahifalarini qayta anglash, mustabid tuzum davrida nohaq jabr ko‘rgan millionlab vatandoshlar xotirasini tiklash borasida muhim ishlarni amalga oshirmoqda.

Shu jarayonlarning yorqin namunalaridan biri — Namangan viloyatiga bag‘ishlangan “Xotira kitobi” nashr etilgani bo‘ldi. Mazkur asar qatag‘on qurbonlari ro‘yxatidan iborat oddiy to‘plam emas, balki milliy o‘zlikni anglash, tarixiy xotirani mustahkamlash va adolatni qayta tiklash yo‘lidagi davlat siyosatining muhim mahsulidir.

“Jadid” gazetasining 21-noyabr sanasidagi 47-sonida ushbu mavzuga bag‘ishlangan maqola chop etildi.
Maqola muallifi — Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti tasarrufidagi “Is’hoqxon Ibrat – Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi direktori Otabek Maxsudjonov.

Muallif o‘z maqolasida “Xotira kitobi”ning ahamiyati, milliy tarixga bo‘lgan hurmat, jadidlar merosi va qatag‘on fojiasini o‘rganishning bugungi taraqqiyot uchun tutgan o‘rni haqida keng fikr yuritadi.