Talabalarining xalqaro madaniy-ta’limiy onlayn-kvizi o‘tkazildi

Yangilik madaniy

Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti va Udmurt davlat universiteti talabalarining xalqaro madaniy-ta’limiy onlayn-kvizi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi akademik hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida, Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti hamda Udmurt davlat universiteti (UdDU) talabalarining ishtirokida xalqaro madaniy-ta’limiy onlayn-kviz tashkil etildi.

Ushbu tadbir Udmurt davlat tili kuni munosabati bilan o‘tkazilib, zamonaviy raqamli texnologiyalar platformasida amalga oshirildi. Tadbir tashkilotchisi — rus tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti A.Mirzanazarova bo‘ldi.

Qiziqarli formatda o‘tgan kvest davomida ishtirokchilar O‘zbekiston va Udmurtiya xalqlarining tarixiy-madaniy merosi, an’analari va milliy qadriyatlariga oid chuqur bilimlarini namoyish etdilar. Kvizning asosiy yo‘nalishlari quyidagi 5 ta muhim toifani qamrab oldi:

Milliy oshxona va gastronomik madaniyat;
Tarixiy va zamonaviy shaharlar geografiyasi;
Tarix, mifologiya va etnografiya;
Mamlakatlarning atoqli shaxslari;
Noyob e’tiborga sazovor joylar.

Ta’kidlash joizki, tadbir davomida talabalar nafaqat bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar, balki ikki davlatning o‘ziga xos madaniy xususiyatlari bilan yaqindan tanishish orqali madaniyatlararo muloqot ko‘nikmalarini ham rivojlantirdilar.

Ushbu tadbir oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro anglashuv munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.