Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida mustaqil izlanuvchilar uchun malakaviy imtihonlar belgilangan tartibda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasining “Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom” talablari asosida o‘tkazildi.
Malakaviy imtihonlar ilmiy-tadqiqot faoliyatining muhim bosqichi bo‘lib, talabgorlarning nazariy bilimlari, tahliliy fikrlashi va ilmiy izlanishlarga tayyorgarlik darajasini baholashga qaratilgan.
Belgilangan tartibga ko‘ra quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha imtihonlar tashkil etildi:
10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti
10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik
13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tillar bo‘yicha)
Chet tillari (ingliz, nemis, fransuz) bo‘yicha bilimlar sinovi
Malakaviy imtihonlar jarayoni institut professor-o‘qituvchilari, mutaxassislik kafedralari hamda mas’ul komissiya a’zolari ishtirokida shaffoflik, xolislik va belgilangan me’yorlar asosida tashkil etildi.