Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida 2026-yil 1-chorak uchun daraja.ilmiy.uz platformasi orqali mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirgan talabgorlar bilan belgilangan tartibda suhbat jarayoni tashkil etildi.
Mazkur suhbat jarayoni institutda ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish hamda izlanuvchilarning ilmiy faoliyatga tayyorgarlik darajasini chuqur baholash maqsadida o‘tkazildi.
Jarayonda malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan: talabalarning ilmiy salohiyati, tanlagan yo‘nalishlarining dolzarbligi va ilmiy ahamiyati, nazariy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari, ilmiy tadqiqot olib borishdagi metodologik yondashuvi,
mustaqil izlanish olib borish uchun zarur kompetensiyalari keng qamrovli mezonlar asosida baholab chiqildi.
Suhbat jarayoni davomida nomzodlarning ilmiy izlanish konsepsiyalari, rejalashtirilayotgan tadqiqotlarning amaliy va nazariy qiymati, shuningdek, ularning ilmiy jamoaga integratsiyalashuv imkoniyatlari ham atroflicha o‘rganildi.
Ushbu jarayon institutda ilmiy-tadqiqot faoliyatining tizimli rivojlanayotgani, izlanuvchilarga yaratilayotgan ilmiy muhit va sharoitlarning izchil takomillashib borayotganidan dalolat beradi. Kelgusida ushbu talabgorlar institutning ilmiy va pedagogik salohiyatini yana-da mustahkamlashga xizmat qiluvchi yangi tadqiqotlar muallifiga aylanishi kutilmoqda.