Bugun OʻzDJTU sport majmuasida oliy taʼlim muassasalari sport klublari oʻrtasida stol tennisi bo‘yicha “Doʻstlik musobaqalari” bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti talabalari ham faol ishtirok etib, yuqori natijalar qayd etdilar. Shuningdek, OʻzDJTU, Yangi Oʻzbekiston universiteti hamda Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti sportchilari g‘oliblik uchun o‘zaro bellashishdi.
Qizg‘in va murosasiz ruhda kechgan musobaqa yakunlari quyidagicha:
Talaba-yigitlar oʻrtasida:
1. Turg‘unov Islom (Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti)
2. Jakbaraliyev Yorqinjon (Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti)
3. Karimov Dadaxon (Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti)
Musobaqa yakunida gʻolib va sovrindorlar diplom, medal hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
Namangan davlat chet tillari instituti jamoasi o‘z talabalarining bunday sport muvaffaqiyatlaridan faxrlanadi va ularga kelgusi musobaqalarda yanada yuqori natijalar tilaydi.