Til va tarjima fakultetida profilaktik-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Yangilik ilmiy

 Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillar instituti Til va tarjima fakultetida Namangan viloyati OITSga qarshi kurashish markazi mutaxassislari — U.Mirzaxamdamova, G.Inomjonova, B.Abdullayeva va M.Mirzatova ishtirokida profilaktik-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda fakultet tyutori M.Xodjiboyeva hamda talaba-yoshlar qatnashdi.

Tadbir doirasida talabalarni zamonaviy oilaviy hayotga tayyorlash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, giyohvandlik, alkogol va tamaki mahsulotlaridan foydalanishning zararli oqibatlarini bartaraf etish masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillari, immunitetni mustahkamlash hamda sog‘lomlashtirish dasturlarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar taqdim etildi.

Markaz mutaxassislari real misollar va amaldagi statistik ma’lumotlar asosida OITS hamda boshqa yuqumli kasalliklarning oldini olishda zarur bo‘lgan profilaktik qoidalar, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish hamda shaxsiy salomatlikni asrash bo‘yicha muhim ko‘nikmalarni yetkazib berdilar.

Uchrashuv ochiq muloqot tarzida o‘tib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar. Mazkur tadbir fakultetda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlar ongida mas’uliyat, hushyorlik va salomatlikka ongli munosabatni shakllantirishga xizmat qildi.