Zamonaviy, innovatsion va yagona brend konsepsiyasini yaratish

E`lon ilmiy
Zamonaviy, innovatsion va yagona brend konsepsiyasini yaratish

Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutning zamonaviy, innovatsion va yagona brend konsepsiyasini yaratish bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qiladi.

Tanlov yo‘nalishlari:
- Institutning yangi logotipi
- Tashrif qog‘ozi (vizitka) dizayni
- Institut madhiyasi matni va musiqasi
- Yagona vizual identifikatsiya elementlari
korporativ ranglar
shriftlar
belgilar, ramziy elementlar
brend uslubiga mos grafika va kompozitsiyalar

Tanlovda kimlar ishtirok etishi mumkin?
- Institut talabalari
- Professor-o‘qituvchilar
- Institut xodimlari
- Ijodkor yoshlar va grafik dizaynerlar (tashqi ishtirokchilar ham qatnashishi mumkin)

Asosiy talablar:
- Ishlar original bo‘lishi, avval boshqa joyda qo‘llanilmagan bo‘lishi shart.
- Logotip gorizontal va vertikal variantda, rangli va monoxrom ko‘rinishda taqdim etiladi.
- Vizual identifikatsiya ishlari PDF + PNG formatlarda topshiriladi.
- Madhiyaning matni o‘zbek tilida, musiqasi esa audio yoki nota ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.
- Har bir ishtirokchi bir nechta yo‘nalishda qatnashishi mumkin.

Ishlarni topshirish tartibi:
- Tanlov ishlarini quyidagi manzilga yuborish kerak:https://t.me/Brend_uchun 
- Yuborilayotgan fayl nomida ishtirokchi F.I.Sh. ko‘rsatilishi lozim.

Tanlov muddati:
Ishlar qabul qilish: 2025-yil 20-noyabr — 20-dekabr

G‘oliblar uchun rag‘batlar:
- Institutning rasmiy logotipi va brend elementlari muallifi sifatida e’tirof etiladi
- Faxriy yorliq
- Esdalik sovg‘alari
- Ijodiy loyihalarda ishtirok etish imkoniyati