“Ma’rifat maydoni” Respublika tanlovida ishtirok eting!!!

Talaba-yoshlarning atoqli adiblar va mutafakkirlarni ijodiy merosini keng targ‘ib qilish va chuqur o‘rganish, yoshlarni yuksak axloq va kuchli bilim sohibi hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yoshlarni milliy va umuminsoniy, ijtimoiy axloqiy, madaniy va ma’naviy qadriyatlarni, an’ana, urf-odat, milliy san’atimiz bilan yaqindan tanishtirish bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va O‘zbekiston yozuvchilari uyushmasining 2024-yil 9-oktyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida “Ma’rifat maydoni” Respublika tanlovini e'lon qiladi.

Tanlov 4 bosqichda o'tkaziladi:

1- bosqich fakultetlar jamoalari o'rtasida;
2- bosqich hududiy bosqich;
3- bosqich mintaqaviy;
4- bosqich respublika bosqichi.

Ishtirokchilar 3 ta shart bo'yicha bellashadilar:

1-shart: Adiblar hayoti;
2-shart: Tezkor savol-javob;
3-shart: Adiblar hayoti va ijodidan teatrlashtirilgan sahna ko'rinishlari.

Tanlovning respublika bosqichi g'oliblari qimmatbaho sovg'alar va pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar:

1-o'rin: 40 million so'm;
2-o'rin: 25 million so'm;
3-o'rin: 20 million so'm;
4-o'rin: 10 million so'm;
5-o'rin: 5 million so'm.

Tanlovning institut bosqichi 13-noyabr kuni soat 11-20 da institutning yangi o'quv binosi faollar zalida bo'lib  o'tadi!

Imkoniyatni qo'ldan boy bermang, muvaffaqiyatlilar safida bo'ling!