Students Cup 2025

Aziz talabalar!

     Turizm qo‘mitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti yoshlar o‘rtasida "Yoshlar turizmi: yangi formatlar va tashabbuslar" mavzusida Students Cup 2025 Respublika ilmiy ishlar/loyihalar tanlovini e’lon qiladi. Tanlov “TURIZM, TA’LIM VA FAN: KELAJAKKA NAZAR” xalqaro forumi doirasida o‘tkaziladi!

     Students Cup 2025 tanlovining maqsadi: O‘zbekiston turizm sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan eng ilg‘or, ijodiy va amaliy g‘oyalarni saralab olish.

     Tanlovda talabalar va magistrantlar ishtirok etadi.

Tanlov yo‘nalishlari:
     - Turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish;
     - Kreativ industriyalar va turizm;
     - Turizmda marketing kampaniyalari;
     - Turizmda kadrlar siyosati;
     - Barqaror rivojlanish va turizmda ekologik yondashuv va boshqalar.

Ishtirok etish shartlari:
     - Loyiha arizasini taqdim eting (taqdimot bilan birga);
     - Eng yaxshi g‘oyalar Respublika bosqichiga tanlab olinadi;
     - G‘oliblar diplom va mukofotlarga ega bo‘ladilar.

Tanlov sovrinlari:
     1 o‘rin — 7 000 000 so‘m
     2 o‘rin — 5 000 000 so‘m
     3 o‘rin — 3 000 000 so‘m
     - Sertifikatlar va diplomlar.

Arizalarni qabul qilish muddati: 2025-yil 15-oktabrdan 15-noyabrigacha!
     - Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://forms.gle/HQsMdeMDrXLNW8q46
     - Batafsil ma’lumot: yuklab olish