Talaba-yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi

2025-yil 23-dekabr kuni Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Filologiya fakultetida institut rektori Rivojiddin Karimov ishtirokida 4-bosqich bitiruvchi talaba-yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Mazkur uchrashuv bitiruvchi yoshlarning kelgusidagi kasbiy faoliyati, mehnat bozoriga moslashuvi va shaxsiy rivojiga oid muhim yo‘nalishlarni muhokama qilishga bag‘ishlanadi. Uchrashuv davomida bandlik va ishga joylashish, til sertifikatlarining amaliy ahamiyati, karyera rejalashtirish, shuningdek, hamkor tashkilotlar bilan mavjud imkoniyatlar yuzasidan atroflicha va ochiq muloqot olib boriladi.

Shuningdek, tadbirda institutning tegishli bo‘limlari, mas’ul xodimlar hamda hamkor tashkilotlar vakillarining ishtiroki kutilmoqda.

Manzil: To‘raqo‘rg‘on tumani, institut binosi
Boshlanish vaqti: 13:00
Ishtirokchilar: Filologiya fakulteti 4-bosqich bitiruvchi talabalari

Bitiruvchi talabalar uchun muhim ahamiyatga ega mazkur uchrashuvda belgilangan vaqtda faol ishtirok etish so‘raladi.