Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Namangan viloyati Kengashining 2025-yil 14-oktabrdagi 68-sonli xatiga asosan 2025-yil 17-oktyabr kuni Namangan viloyatidagi oliy taʼlim muassasalari talabalari ishtirokida “Eko zakovat” intelektual oʻyini tashkil etildi.
Tadbirda jamoalar ekologiya, atrof-muhit muhofazasi, yashil hayot tarzi va barqaror rivojlanish yo‘nalishlarida o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.
Jamoalar savol-javoblar, mantiqiy topshiriqlar va ekologik vaziyatlarni tahlil etish orqali “Biz tabiat himoyachilarimiz!” shiorini amalda isbotladilar.
Bellashuv yakunida, Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti – 1-o‘rin, Namangan davlat universiteti – 2-o‘rin va Turan universiteti – 3-o‘rinni egalladi.
Mazkur o‘yin yoshlarning ekologik tafakkurini rivojlantirish, tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish hamda ekologik madaniyatni oshirishga xizmat qildi. https://t.me/manaviyat_namSIFL/20009