Avstriyaning Toshkentdagi elchixonasi (qarorgohi Vena shahrida joylashgan) ma’lumotiga ko‘ra, Avstriya Respublikasining Ta’lim, fan va tadqiqotlar vazirligi tomonidan 2026/2027-o‘quv yili uchun xalqaro stipendiyalar (grantlar) ajratilishi rejalashtirilgan.
Mazkur stipendiya dasturlari Avstriyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish, ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda akademik salohiyatni oshirish imkonini beradi. Avstriya oliy ta’lim, fan va texnologiyalar sohasida rivojlangan davlatlar qatoriga kirishini inobatga olgan holda, ushbu imkoniyatlar oliy ta’lim tashkilotlari talabalari, tadqiqotchilari hamda professor-o‘qituvchilari uchun muhim ahamiyatga ega.
Xalqaro stipendiyalar bo‘yicha batafsil ma’lumot, tanlov yo‘nalishlari, talablar va ariza topshirish tartibi bilan www.grants.at rasmiy sayti orqali tanishish mumkin.
Namangan davlat