IS'HOQXON IBRAT NOMIDAGI NAMANGAN DAVLAT CHET TILLARI INSTITUTI TYUTOR LAVOZMI UCHUN TANLOV E'LON QILADI
Batafsil ma'lumot:[](https://www.namspi.uz/postdetail/IJso5wJruG102uFZ82KuTxQES7daiCu9IbReOqvY71u1Whzmd689Tbd)
Nomzodlar tomonidan quyidagi hujjatlar shaxsan taqdim etiladi:
Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID karta) asli va nusxasi;
Ob’yektiv-ma’lumotnoma (eng oxirgi ma’lumotlar bilan);
Mehnat daftarchasining nusxasi;
Ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjat (diplom) nusxasi.
Til sertifikati (mavjud bo'lsa)
MALAKA TALABLARI :
Tyutorlar oliy ma'lumotga ega bo'lishi (ilmiy daraj a va ilmiy unvonga ega shaxslarga afzalliklar beriladi);
25 yoshdan kichik, 55 yoshdan (ayollar uchun 50 yosh) katta bo'lmasligi;
pedagogik va psixologik, o'quv-tarbiyaviy, o'quv-uslubiy, ta'lim tizimida boshqaruv faoliyati bilan shug'ullangan, yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy yo'nalishda 2 yildan kam bo'lmagan (2 yildan ko'p bo'lganlarga ustuvorlik beriladi) mehnat stajiga ega bo'lishi;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq ta'lim berish huquqidan mahrum etilmagan bo'lishi;
namunaviy shaxsiy fazilatlarga - intellekt, madaniyatli, ijodiy, xushmuomalalik, vatanparvarlik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo'lishi, mas'uliyat hissi, mustaqil ish tutish xususiyatlariga ega bo'lishi zarur.
Chet tili (Ingliz, nemis, fransuz, koreys, xitoy, yapon, rus tillaridan birini) bilishi zarur.
Hujjatlarni taqdim etish va ko’rib chiqish tartibi:
Nomzodlar hujjatlarini Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat instituti Xodimlar bo‘limiga shaxsan taqdim etadi.
Hujjatlar 2025-yil 5-noyabrdan 15-noyabr kuniga qadar qabul qilinadi
Hujjat taqdim etgan nomzodlar bilan institutda ishga qabul qilish bo‘yicha Komissiya suhbatlashadi. Suhbat natijasiga ko‘ra, nomzodlar lavozimga tavsiya etiladi.
Nomzodlar bilan suhbat kuni va joyi qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi.
Namangan davlat