Maqolalar tanlovi g‘oliblari e’lon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining F-53-sonli farmoyishi ijrosi doirasida Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida o‘tkazilgan “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi” mavzusidagi maqolalar tanlovi yakuniga yetdi.

Tanlovda bakalavriat talabalari, magistrantlar, tadqiqotchilar va tayanch doktorantlar ishtirok etib, o‘z ilmiy yondashuvi, mavzuni tahlil qilish mahorati hamda mustaqil fikrlashi bilan baholandi.

G‘oliblar:

 1-o‘rin — Tojimatova Durdona Iftihorjon qizi, Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti 3-bosqich talabasi.
 2-o‘rin — Maxmudova Sabina Qodirjon qizi, Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti 2-bosqich talabasi.
 3-o‘rin — Jaloliddinova Nigora Jamoliddin qizi,
Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti 2-bosqich talabasi.
G‘oliblar institut rektori tomonidan tasdiqlangan diplomlar bilan taqdirlanadi.

Barcha ishtirokchilarga faol ishtiroki uchun minnatdorlik bildiramiz!