Zamonaviy filologiya muammolar davom etmoqda

     Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi tomonidan “Zamonaviy filologiya muammolari” nomli ilmiy jurnalining 2025-yil 3-soni uchun maqolalar qabuli yana ikki haftaga uzaytirilganligini ma'lum qilamiz.
Qabul 31-oktabrga qadar davom etadi.

Maqola matnlarini rasmiylashtirish bo‘yicha talablar:
- Maqolalar IMRAD talabida bo'lishi kerak;
- Maqola matnlari 14 o‘lchamdagi shriftda 1 intervalda, 4-6 varaq hajmda Times New Roman shriftida yozilgan va tahrir qilingan bo‘lishi lozim;
- Maqola mavzusining pastida muallifning ismi, sharifi, lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni, ish joyi, telefon raqami va elektron manzili to‘liq ko‘rsatilishi kerak.
- Mavzudan keyin annotatsiyasi, kalit so‘zlari uch tilda (o‘zbek, rus, ingliz) va mazmuni to‘liq yoziladi;
- Maqolaning oxirida alohida ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyatga molik taklif va tavsiya beriladi;
- Matnni joylashtirishda sahifaning chegaralari: yuqoridan – 2,5 sm, pastdan – 2,5 sm, o‘ngdan 2,5 sm, chapdan – 2,5 sm. o‘lchamda belgilanadi;
- Maqola matnida mavzuga oid nazariy masalalar bilan birga ularning amaliy yechimlari yoritilgan bo‘lishi lozim.

     "Zamonaviy filologiya muammolari" jurnali Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 2023-yil 25-yanvarda ommaviy axborot vositasi sifatida davlat ro'yxatidan (№ 060 122) o'tkazilgan. ISSN: 2992-9016.

Har bir maqola Google Scholar bazasida indekslanadi. 

Axborot xati bilan bu yerda tanishing. (https://t.me/Journal_NamSIFL/274)

Bog‘lanish uchun: @Boburjon_02