PORA OLISH VA BЕRISH JINOIY JAVOBGARLIKKA OLIB KЕLADI

2024 yilda Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan 196 nafar shaxs sudlanib, ularning 135 nafariga ozodlikdan mahrum qilish, 61 nafariga esa ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan (jarima, axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash va shartli hukm) jazolar tayinlangan.

Joriy yilning 11 oyi mobaynida mazkur moddada nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan 184 nafar shaxs sudlanib, ularning 114 nafari ozodlikdan mahrum qilindi hamda 70 nafariga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlandi.

2024 yilda Jinoyat kodeksining 211-moddasi (pora berish) bilan 1 991 nafar shaxs sudlanib, ularning 651 nafariga ozodlikdan mahrum qilish, 1 340 nafariga esa ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan (jarima, axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash va shartli hukm) jazolar tayinlangan.

Joriy yilning 11 oyi mobaynida mazkur moddada nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan 1 801 nafar shaxs sudlanib, ularning 465 nafari ozodlikdan mahrum qilindi hamda 1 336 nafariga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlandi.