Xovos tumani IIB podpolkovnik va mayor unvonidagi xodimlari pora olayotgan vaqtlarida ushlandi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari kuchaytirilib, parlament, milliy va hududiy kengashlar, fuqarolik jamiyati institutlarining roli oshirildi.Davlat tuzilmalarida korrupsion omillarga barham berish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rildi.Lekin, shunga qaramasdan, ushbu illat domiga tushib qolayotganlar yo‘q emas.
Xususan, joriy yilning oktyabr oyida Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida bog‘dorchilik bilan shug‘ullanuvchi MCHJga tegishli dala maydonidan polietilen sellofan o‘g‘irlab ketilganligi holati bo‘yicha mazkur tuman Ichki ishlar bo‘limiga murojaat kelib tushadi.
Shundan so‘ng, Ichki ishlar bo‘limi Tezkor-qidiruv xizmatining podpolkovnik va mayor unvonidagi 2 nafar katta tezkor xodimi o‘g‘irlikda gumon qilib  4 nafar fuqaroni majburiy tarzda IIBga olib ketishadi. So‘ngra, ularni qamab yuborish bilan qo‘rqitib, ishni “bosdi-bosdi”  qilish uchun 55 mln so‘m talab qilishadi.

Keyinroq esa tezkor xodimlar zararni qoplash uchun deya gumonlanuvchi shaxslardan 
24 mln so‘m olishadi.Shuningdek, ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atmaslik, 11 mln so‘m
 talab qilishadi.Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi, viloyat prokuraturasi hamda IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan 11 mln so‘m ni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
 Hozirda ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi (pora olish) 2-qismi “v”, “g” bandlari bilan jinoyat ishi  qo‘zg‘atilib “qamoq”  ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Unutmang! Korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish uzluksiz va birgalikda harakat qilishni talab etadi. Zero, ana shundagina ko‘zlangan maqsadga erishish, kelgusi avlodning nurli istiqboli uchun munosib zamin yaratish mumkin.