E’LON | INNOWEEK-2026

E`lon ilmiy

E’LON | INNOWEEK-2026

 Namangan davlat chet tillari instituti vakillari InnoWeek-2026 xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligida ishtirok etdi. Joriy yilning 22–24-oktabr kunlari Namangan yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori ostida InnoWeek-2026 xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda Namangan davlat chet tillari instituti vakillari ham ishtirok etib, innovatsion g‘oyalar, ilmiy ishlanmalar va istiqbolli loyihalar bilan tanishdi. Haftalik ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish, yoshlarning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish hamda yangi tashabbuslarni ilgari surishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 Innovatsiya — taraqqiyot va kelajak sari muhim qadam!