Vakant lavozimlar

Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti tyutorlarni ishga qabul qilish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim tashkilotlarida tyutorlik faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida” 2025-yil 17-oktabrdagi 656-son qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning 17-bandiga muvofiq tyutorlarni ishga qabul qilish jarayonida quyidagi malaka talablari qo‘yiladi:

1. Oliy ma’lumotga (bakalavr) ega bo‘lish (ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega shaxslarga afzallik beriladi);

2. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq ta’lim berish huquqidan mahrum etilmagan bo‘lishi;

3. Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar uslubiyoti va amaliyotini chuqur anglagan, pedagogik-psixologik bilim va tajribaga ega bo‘lishi;

4. Namunaviy shaxsiy fazilatlarga, shu jumladan, madaniyatli, mas’uliyatli, kirishuvchan, vatanparvar va tashabbuskor bo‘lish;

5. Mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lish.

Ushbu Nizomning 17-bandida belgilangan talablarga javob bermaydigan mutaxassislar tyutorlik lavozimiga tayinlanmaydi.

Izoh: Institutda hozirgi kunda tyutorlik bo‘sh ish o‘rni mavjud emas.