Nega ayrim mamlakatlarda korrupsiya deyarli odatiy holga aylanadi, boshqalarida esa kam uchraydigan istisno bo‘lib qoladi?

Nega ayrim mamlakatlarda korrupsiya deyarli odatiy holga aylanadi, boshqalarida esa kam uchraydigan istisno bo‘lib qoladi?

Nega ayrim mamlakatlarda korrupsiya deyarli odatiy holga aylanadi, boshqalarida esa kam uchraydigan istisno bo‘lib qoladi? Gap rostdan ham “mentalitet”dami yoki sabablar butunlay boshqa joydami?

Buning ko'p sabablari bor. Hatto psixologik, siyosiy, iqtisodiy, sotsiologik va hatto madaniy kabi bir qancha sabablarni ham muhokama qildik. Bu safar men geografik sababni ta'kidlamoqchiman. Korrupsiyaning ham o‘z geografiyasi bor. Gap ayrim xalqlar “tabiatan halolroq”, boshqalari esa aksincha ekanida emas. Korrupsiyaning yuqori darajasi ko‘pincha qashshoqlik, tengsizlik, savodxonlik darajasining pastligi va OAV erkinligining cheklanganligi bilan yonma-yon keladi. Ya’ni korrupsiya muayyan millatni emas, o‘zi uchun qulay muhitni yaxshi ko‘radi. Bundan tashqari, “yuqumli ta’sir” deb ataladigan hodisa ham mavjud: korrupsion amaliyotlar qo‘shni davlatlar o‘rtasida tarqalishi mumkin. Shuning uchun “bizning mentalitetimiz shunaqa” degan gap — juda qulay bahona. Mentalitet ruxsatnoma bermaydi, budjetni taqsimlamaydi va axborotni yashirmaydi. Korrupsiyani sharoit yetishtiradi. Demak, sharoitni — shaffoflikni, ta’limni, nazoratni va axborotdan foydalanish imkoniyatini — o‘zgartirish orqali xulq-atvorni ham o‘zgartirish mumkin.