Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashi tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2025-2026 yillarga mo‘ljallangan dastur tasdiqlandi (https://aca.uz/storage/mBbdtMdL0WO0Ts9iQJ5H2uGpxjytbX-meta0JzQuNC70LvQuNC5X9C60LXQvdCz0LDRiF_QvNCw0LbQu9C40YHQuNC90LjQvdCzXzI5X9GB0L7QvdC70Lhf0LHQsNGR0L3QvdC+0LzQsNGB0LhfMS5wZGY=-.pdf).
Chora-tadbirlar dasturida 7 ta ustuvor yo‘nalishda muhim vazifa va topshiriqlar belgilandi. Jumladan:
Davlat xizmatchilarining xorijda hisobraqamlar ochish, ko‘chmas va boshqa mol-mulkka ega bo‘lishiga oid cheklov o‘rnatishning aniq tartibi ishlab chiqiladi.
Davlat xizmatchilarining odob-axloq kodeksini qabul qilish bo‘yicha takliflar tayyorlanadi.
Korrupsiyaviy jinoyatlar statistikasini yuritishga mo‘ljallangan dasturiy taʼminot yaratiladi.
Har chorakda kamida 3 ta sohada korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash, korrupsiyaga imkon berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘rganishlar o‘tkaziladi.
Barcha sohalarda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni tahlil qilish bo‘yicha “Xavf-tahlil markazi” tashkil etiladi.
Falsafa doktori ((PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish bilan bog‘liq jarayonlardagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni tahlil qilish choralari ko‘riladi.
Davlat xaridlari ishtirokchilarining benefitsiar mulkdorlari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni majburiy oshkor etish tizimi joriy etiladi.
Davlat xaridlarida qonunbuzilishi holatlarini aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha elektron platforma ishga tushiriladi.
“Yashirin iqtisodiyot ” darajasini minimallashtirish maqsadida naqd pulsiz hisob-kitoblar ko‘lami kengaytiriladi.
Chora-tadbirlar dasturi ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishlarida muhokama qilib boriladi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Namangan davlat