Xodim

Prorektor

Yakubbayev Murodilla Marufovich

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor

Phone number :

+998 97 999 58 85

Email address :

murodilla85@mail.ru

Yakubbayev Murodilla Marufovich 1985-yil 3-iyun kuni Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 2007-yilda Andijon davlat tillar pedagogika institutini, 2009-yilda esa O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetini tamomlagan. Pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasiga hamda professor ilmiy unvoniga ega. Mehnat faoliyati davomida turli oliy ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablarida pedagogik, ilmiy-uslubiy hamda rahbarlik lavozimlarida samarali faoliyat olib borgan.

- 2003–2007 yillarda Andijon davlat tillar pedagogika institutida tahsil olgan;
- 2007–2009 yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining magistranti bo‘lgan;
- 2008–2009 yillarda Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi 41-maktabda chet til fani o‘qituvchisi;
- 2009 yilda To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 2-maktabda ingliz tili o‘qituvchisi;
- 2009–2012 yillarda Namangan davlat universitetida ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy hamda xalqaro aloqalar bo‘limida faoliyat yuritgan;
- 2012–2018 yillarda Namangan davlat universitetining nemis va fransuz tillari kafedrasida o‘qituvchi hamda katta o‘qituvchi sifatida ishlagan;
- 2018–2019 yillarda Is’hoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari bo‘lgan;
- 2019–2021 yillarda Namangan davlat universiteti o‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari;
- 2021–2022 yillarda Jahon tillari fakulteti dekani lavozimida ishlagan;
- 2022-yilda Namangan davlat chet tillari institutida dotsent v.b. lavozimida faoliyat yuritgan;
- 2022–2023 yillarda ushbu institutda Jahon tillari fakulteti dekani, keyin esa o‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i sifatida mehnat qilgan;
- 2023-yil 13-oktabrdan boshlab hozirgi kunga qadar Namangan davlat chet tillari instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori lavozimida ishlab kelmoqda.