Xodim

Prorektor

Lutfullayev Po'latxon Muxibullayevich

O'quv ishlar bo'yicha prorektor

Phone number :

+998907400192

Email address :

pulathon2001@gmail.com

P.Lutfullayev 1979 yil Namangan viloyati Chust tumanida tugilganmalumoti oliy,2003 yilda Namangan davlat universitetini tamomlaganmutaxassisligi lingvistika (ingliz tili), Pedagogika fanlari boyicha falsafa doktori (PhD), professor.

P.Lutfullayev 2003-2006 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika institutida chet tillar kafedrasi o‘qituvchi, 2006-2009 yillarda Malayziya davlatining Malaya universiteti doktoranti, 2009-2011 yillarida Toshkent davlat pedagogika universitetida xodim, 2011-2022 yillarda Namangan davlat universitetining xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i, Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti lavozimlarida faoliyat yuritgan.

P.Lutfullayev Angliyaning Sarrey universitetida, Shvetsiyaning Linchoping universitetida,  Norvergiyaning Oslo universitetida, AQShning Detroit Global TIES markazida va boshqa bir qator yetakchi xorijiy OTMlarda ilmiy stajirovkada bo‘lgan.

Jami 100 dan ortiq, jumladan 40 dan ortiq Respublika va 60 dan ortiq xalqaro doiradagi o‘quv seminarlari va treninglarida xorijiy tajribalarning tahlili bilan bog‘liq bo‘lgan mavzularda taqdimotlar va ma’ruzalar qilgan. Undagi asosiy e’tibor oliy ta’lim jarayonida sifat masalalari, talabalar almashinuvi mexanizmlari, oliy ta’lim muassasalarining raqobatbardoshligi masalalari, Bolonya jarayoniga moslashish, kredit-modul tizimi, QS va Times Higher Education dunyo reytinglarida ishtirok etish mexanizmlari kabi mavzulardan iborat bo‘lgan.

P.Lutfullayev 80 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi, faoliyati davomida Tempus va Erasmus+ dasturlarining TuCAHEA, UZDOC 2.0, IMEP, EMPOWER kabi loyihalarini amalga oshirishda hamda mazkur loyihalarni respublika oliy ta’lim muassasalaridagi o‘quv jarayoni amaliyotiga tatbiq etishda katta hissa qo‘shgan. Namangan davlat universitetidagi faoliyati davomida universitetning AQSh, Norvegiya, Polsha, Ruminiya, Germaniya, Italiya, Malayziya va Xitoy kabi davlatlardagi yetakchi oliygohlar bilan ilmiy va akademik aloqalarini shakllantirgan.

P.Lutfullayev ayni paytda institutda o‘quv ishlari prorektori lavozimida faoliyat olib bormoqda.