Phone number :
+998 999778883
Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori
+998 999778883
nishonovxayrullo83@gmail.com
Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirining 2023 yil 12 iyundagi buyrug‘i bilan Nishonov Xayrulla Xolmirzayevich Namangan davlat chet tillari institutining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori lavozimiga tayinlandi.
Xayrulla Nishonov 1983 yilda To‘raqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2004 yilda Namangan muhandislik-pedagogika institutini kasbiy pedagogik tayyorgarlik, 2022 yilda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabini agroinjeneriya, loyiha boshqaruvi yo‘nalishlari bo‘yicha tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2004 yilda To‘raqo‘rg‘on tumani hokimligi huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyasi mutaxassisi sifatida boshlagan. So‘ngra Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi To‘raqo‘rg‘on tumani Kengashi raisining 1-o‘rinbosari; O‘zbekiston "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati viloyat bo‘limi Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari, raisi vazifasini bajaruvchi; Namangan viloyati hokimligining o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari; viloyat hokimligining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar kotibiyati bosh mutaxassisi; Namangan muhandislik- qurilish institutida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari lavozimlarida mehnat qilgan.