Phone number :
+998 99 320 94 96
Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig'i
+998 99 320 94 96
sharofiddinov.mahmudjon@mail.ru
Sharofiddinov Maxmudjon Mashrabjon o‘g‘li 1994-yil 5-iyunda Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumanida ziyoli oilasida tug‘ilgan, millati – o‘zbek.
Sharofiddinov Maxmudjon Mashrabjon o‘g‘li 2013-2017-yillarda Namangan davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha) yo‘nalishi bakalavriat yo‘nalishini, 2017-2019-yillarda O‘zbekiston tarixi magistratura mutaxassisligini tamomlagan.
Umumiy ish staji – 9 yil. Ilmiy pedagogik ish staji-9 yil. Namangan davlat universitetidagi ish staji – 5 yil, Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida ish staji – 4 yil. Egallab turgan lavozimidagi ish staji 2 yil.
Maxmudjon Sharofiddinov 2017-yil 2-sentabrdan To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 53-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida tarix fani o‘qituvchisi lavozimida mehnat faoliyatini boshlagan.
2018-yil 3-sentabrdan Namangan davlat universiteti Tarix kafedrasida o‘rindoshlik asosida o‘qituvchi-stajyor;
2019-yil 4-sentabrdan Namangan davlat universiteti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi uslubchisi;
2019-yil 3-sentabrdan Namangan davlat universiteti Tarix kafedrasida o‘rindoshlik asosida o‘qituvchi-stajyor;
2022-yil 5-yanvardan Namangan davlat universiteti Arxeologiya kafedrasi o‘qituvchisi;
2022-yil 6-sentabrdan Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Tillar va ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchisi;
2023-yil 4-sentabrdan Sharq tillari, gumanitar fanlar va jismoniy tarbiya kafedrasi o‘qituvchisi;
2024-yil 1-fevraldan Sharq tillari, gumanitar fanlar va jismoniy tarbiya kafedrasi katta o‘qituvchisi;
2024-yil 1-fevraldan Sharq tillari, gumanitar fanlar va jismoniy tarbiya kafedrasi katta o‘qituvchisi;
2025-yil 13-iyundan Gumanitar fanlar va jismoniy tarbiya kafedrasi dotsenti;
2024-yil 1-apreldan Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib bormoqda.
M.Sharofiddinov jami 55 ta maqola va tezislar nashr ettirgan, shulardan 5 ta OAK e’tirof etgan mahalliy va xorijiy jurnallarda, 23 ta ilmiy jurnal va to‘plamlarda, 27 ta xalqaro va respublika konferensiyalarida, shuningdek, 20 tadan ortiq publisistik maqolalar chop ettirgan.
M.Sharofiddinov 2 ta monografiya, 2 ta darslik, 1 ta o‘quv qo‘llanma, 4 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma va 1 ta uslubiy ko‘rsatma muallifi.
Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limining asosiy maqsadi
Respublikada ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy sohalarda olib borilayotgan islohotlarni amalga oshirishda institut ilmiy yo‘nalishlari doirasida rahbar kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va qayta tayyorlash asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borishdir.
Bo‘limning asosiy vazifalari
Bo‘limning 4 ta asosiy vazifasi mavjud:
Shu bilan birga, bo‘lim ushbu vazifalardan kelib chiqqan holda
quyidagi ishlarni amalga oshiradi: