Phone number :
+998 (69) 4421167
+998 (69) 4421167
aloqa@namsifl.uz
1995-1999 yy. - O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi
2000-2001 yy. - Muddatli harbiy xizmat
2001-2002 yy. - Namangan viloyati, Uchqo‘rg‘on shahri 5-son o‘rta maktab ingliz tili o‘qituvchisi
2002-2020 yy. - O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida o‘qituvchi, katta o‘qituvchi, kafedra mudiri, dekan o‘rinbosari
2020-2021 yy. - O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Chet tillarni o‘qitishning innovasion metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazi direktori
2021-2023 yy. - O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tarjimonlik fakulteti dekani
2023-yil sentabrdan hozirgi vaqtgacha Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti rektori
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
Yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatli, mustaqil fikrlashga qodir bo‘lgan, bozor sharoitida ishni tashkil etishning usullarini egallagan yuqori ma’lumotli malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;
Davlat ta’lim standartlari asosida yuqori malakali kadrlar tayyorlashni tashkil etish;
Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalar bajarilishini ta’minlash;
Institut tarkibiy tuzilmasidagi barcha bo‘linmalar vakolatlarini belgilab berish, faoliyatlarini rejalashtirish, muvofiqlashtirish, boshqarish, oliy ta’lim muassasasining boshqaruv lavozimlariga munosib kadrlarni tayyorlash, xodimlarni tanlash, rahbarlik lavozimiga tavsiya etish va ishga qabul qilish;
Xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, ijtimoiy muhofazasini ta’minlash, intizomiy jazo choralarini qo‘llash;
Institut daromadlari shakllantirilishi va ulardan samarali foydalanilishi ustidan nazorat qilish;
Ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, ularning samaradorligini oshirish va tadqiqotlarning natijalarini amaliyotga keng joriy etish, oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarishning o‘zaro integratsiyasini ta’minlash;
Uzluksiz ta’lim tizimi uchun yangi avlod o‘quv adabiyoti yaratish konsepsiyasi talablariga muvofiq darsliklar va o‘quv-metodik adabiyotlar yaratilishi, tarjima qilinishi va nashr etilishini tashkil etish;
O‘quv-tarbiya jarayonida o‘qitishning ilg‘or shakllarini, shu jumladan, masofadan turib o‘qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;
Ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarga rahbarlik qilish, xodimlar va talabalarda milliy g‘oyani shakllantirish;
Talabalikka, magistratura va stajyor-tadqiqotchi, izlanuvchi institutga qabul qilish, o‘qishdan chetlatish, tiklash, ichki tartibga rioya etilishini ta’minlash;
Professor-o‘qituvchilarning kasbiy malaka oshirishlarini ta’minlash;
Talabalar, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar, ilmiy-pedagogik xodimlar uchun maishiy xizmat ko‘rsatish va boshqa turdagi sharoitlarni tashkil etish, ularning ijtimoiy himoyasini ta’minlash;
Fakultetlar va kafedralar faoliyati, o‘quv jarayoni, ma’ruzalar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari, o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlari, boshqa turdagi mashg‘ulotlar sifatining doimiy nazorat etilishini ta’minlash;
Institutda mutaxassislar tayyorlanadigan yo‘nalish va ixtisosliklar sohasining rivojlanish istiqbollarini aniqlashga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish (ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazish, xalqaro anjumanlarda ishtirok etish, axborot makonidan foydalanish sharoitlarini yaratish, fan-texnika, texnologiyalar rivojlanishiga taalluqli adabiyot, informatsion materiallarni keltirish), buning asosida davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari, o‘quv adabiyotlarini takomillashtirib borishni ta’minlash, ilmiy izlanishlarni yo‘naltirib borish;
Marketing xizmatini rivojlantirib, ta’lim yo‘nalishi va ixtisosliklarga talab va ehtiyojni o‘rganishni, bitiruvchilarni amalda ishga joylashishi tahlilini, mutaxassislarni maqsadli tayyorlash borasida hamkorlik shartnomalari tuzishni tashkil etish;
Institutning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, institut Ilmiy Kengashiga rahbarlik qilish, institutning tarkibiy tuzilishini takomillashtirish, tarkibiy bo‘linmalarini tashkil etish, tugatish, o‘zgartirish;
Xorijiy hamkorlar bilan ilmiy-ijodiy aloqalarni rivojlantirish, investitsiya va grantlar jalb etilishini ta’minlash, qo‘shma korxona (kafedra, ilmiy markaz, ilmiy tadqiqotlar, loyihalar va h.k.)lar tashkil etish faoliyatini amalga oshirish;
Jamoat tashkilotlari, vasiylar kengashi va boshqa shu kabi nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik faoliyatini olib borish;
Ta’lim jarayonini boshqarish bo‘yicha vakolatli organlar tomonidan belgilangan boshqa vazifalar ijrosini ta’minlash.