
Öquv-uslubiy jarayonni taʼminlash: Özbek tili va adabiyoti hamda tanlangan sharq tillari böyicha maʼruza, amaliy va seminar mashğulotlarini oliy taʼlim davlat standartlariga muvofiq yuqori nazariy va uslubiy darajada ötkazish.
Darslik va öquv qöllanmalar yaratish: Kafedra fanlari böyicha zamonaviy öquv dasturlari, darsliklar, uslubiy körsatmalar, öquv-uslubiy majmualar va luğatlar tayyorlash.
Til örgatish va kasbiy könikma shakllantirish: Talabalarga özbek va sharq tillarining grammatikasi, fonetikasi, oğzaki va yozma nutq könikmalarini chuqur örgatish, ularni kasbiy faoliyatga yönaltirish.
Ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish: Özbek tilshunosligi, sharqshunoslik, qiyosiy tilshunoslik, tarjimashunoslik, manbashunoslik va adabiyotshunoslik yönalishlarida ilmiy loyihalar, monografiyalar va maqolalar tayyorlash.
Xalqaro hamkorlik va til egalarini jalb qilish: Xorijiy OTMlar, elchixonalar hamda taʼlim markazlari (masalan, KOICA, JICA va b.) bilan hamkorlik qilish, dars jarayoniga xorijlik mutaxassis-öqituvchilarni jalb etish.
Talabalarni nufuzli imtihonlarga tayyorlash: Talabalarning til bilish darajasini oshirish hamda xalqaro (masalan, HSK, JLPT, TOPIK) va milliy sertifikat imtihonlariga tayyorlash böyicha tögaraklar va qöshimcha mashğulotlar tashkil etish.