Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti vakillari xorijiy talabalarni jalb qilish maqsadida Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universitetiga tashrif buyurib, samarali uchrashuv va hamkorlik ishlarini amalga oshirdilar. Tashrif davomida talabalar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, shuningdek, xorijda tahsil olish istagida bo‘lgan yoshlar bilan ochiq va mazmunli suhbatlar tashkil etildi.
275-sonli qaror ijrosini bajarish maqsadida chet ellik talabalarni o'qishga jalb qilish bo'yicha seminar trening o'tkazildi N. Rahimova Xalqaro hamkorlik bo'lim boshlig'i hamda Rus tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti K. Kamolova seminar trening o'tkazildi.
Ayniqsa, universitetning Xorijiy filologiya va tarjima ishi kafedrasi katta o‘qituvchisi, magistr Makataeva Sholpan Mukagaliyevnaning (fransuz tili yo‘nalishi) dars mashg‘ulotlarida ishtirok etish tashrifga alohida mazmun bag‘ishladi. Ushbu jarayonda talabalar bilan jonli muloqot o‘rnatilib, fikr almashish orqali ikki tomonlama tajriba boyitildi.
Namangan davlat chet tillari instituti haqida berilgan batafsil ma’lumotlar nafaqat talabalar, balki professor-o‘qituvchilar orasida ham katta qiziqish uyg‘otdi. Bu esa kelgusida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasiz.
Namangan davlat