Xodim

Bo‘lim boshlig‘i

A’zamov Sayfulbot Muxamadaliyevich

Magistratura bo‘limi boshlig‘i

Phone number :

+998 93 493 03 12

Email address :

sayfulbota@gmail.com

 A’zamov Sayfulbot Muxamadaliyevich 1983 - yil 4 - avgustda Namangan viloyati, Uchqo‘rg‘on tumanida ziyoli oilasida tavallud topgan. Millati o‘zbek.      1989-2000-yillarda Uchqo‘rg‘on tumanidagi 28 - sonli o‘rta maktabda tahsil olgan. 2003-2007 yillarda  O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti bakalvr bosqichida. 2007-2009 yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti magistratura bosqichida tahsil olgan. 2009-2010 yillarda Namangan shaharidagi yengil sanoat kasb hunar kollejida ingliz tili fani o‘qituvchisi. 2010-2011 yillarda  Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti Tillar kafedrasi o‘qituvchisi. 2011-2023 yillarda Namangan muhandislik-texnologiya instituti Chet tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi. 2023-2025 yillarda Namangan muhandislik-qurulish instituti Xorijiy tillar kafedrasi mudiri lavozilmlarida ishlagan. 2025-yil 4-sentyabrdan Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti “Ingliz tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti. 2026-yil 16-yanvardan Namangan davlat chet tillari                        instituti Magistratura bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelmoqda. A’zamov Sayfulbot Muxamadaliyevich  2022-yil 19-fevralda 10.00.06Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha Inglizcha-o‘zbekcha to‘qimachilik va yengil sanoat terminlarining struktur semantik tahlili” mavzusidagi dissertatsiyasini muvofaqqiyatli ximoya qilgan va Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. Sayfulbot A’zamov o‘z mehnat faoliyati mobaynida 50 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop ettirgan. Shuningdek bitta darslik, ikkita o‘quv-qo‘llanma va uchta monografiyalar muallifi. 2025-yil noyabr oyida Namangan davlat chet tillari instituti ilmiy kengashining tavsiyasi bilan dotsentlik ilmiy unvonini qoʻlga kiritgan. Sayfulbot A’zamov oilali uch nafar farzandning otasi.

Magistratura bo‘limi boshlig‘ining vazifalari.

-     ta’lim jarayoniga tegishli O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyruqlari, topshiriq xatlari ijrosi yuzasidan belgilangan muddatlarda me’yoriy-huquqiy hujjatlarini, ko‘rsatmalarni amalga oshiradi;

  • yangi qabul qilingan farmon va qarorlar mazmunini magistrantlarga yetkazib boradi;
  • o‘quv reja va o‘quv dasturlarda ko‘zda tutilgan o‘quv mashg‘ulotlarining barcha turlari (ma’ruza, laboratoriya, amaliyot, seminar va boshqa o‘quv mashg‘ulotlari turlari) bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil etadi;
  • tasdiqlangan reja asosida ilmiy-tadqiqot ishlari, shuningdek, innovatsion loyihalar, grantlar va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ishlarni olib borish, tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama qilish va ularni ishlab chiqarishga qo‘llash, tugallangan ilmiy ishlarni chop etishga tavsiya etish, ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlaydi;
  • magistrantlarni ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishga yo‘llash va ularning ilmiy tadqiqot ishlarini bajarishini monitoring qiladi;
  • respublika va xorijdagi ilg‘or tajribalar, dunyodagi yetakchi ilmiy va ta’lim markazlari faoliyati, olimlar va eng yaxshi pedagoglarning ilg‘or ishlarini o‘rganish, umumlashtirish va tatbiq etilishini tashkil etadi;
  • bo‘lajak yosh kadrlarga pedagogik mahoratga ega bo‘lishi uchun yordam berilishini hamda ustoz-shogird an’analarini rivojlantiradi;
  • axborot bazalarini yaratish, o‘quv mashg‘ulotlarida texnik vositalami qo‘llash va individual o‘qitish, mustaqil o‘qish vositalarini yaratish, masofadan o‘qitish tizimlarini takomillashtiradi;
  • xalqaro hamkorlik va o‘zaro axborot almashinuvini rivojlantiradi, konferensiyalarda ishtirok etadi, xorijiy ta’lim tashkilotlari magistratura mutaxassisliklarida o‘quv jarayonini tashkil etish tajribasini o‘rganadi va takliflar ishlab chiqadi;
  • xorijiy magistrlar mavjud bo‘lgan hollarda, ular bilan ishlashni ta’lim tashkilotining xalqaro hamkorlik bilan ishlovchi tuzilmalari bilan kelishilgan holda amalga oshiradi;
  • har uch yilda magistrlik dissertatsiya mavzulari bankini yangilangan ro‘yxatini shakllantiradi;
  • magistrlik dissertatsiya mavzularini ко‘rib chiqadi va ularning ishlab chiqarish hamda ilm-fan muammolarini hal etishga yo‘naltirilishini ta’minlaydi;
  • magistratura mutaxassisligida tahsil olayotgan talabalaming o‘zlashtirish natijalarini tahlil qiladi va hisobotlar tayyorlaydi;
  • magistratura mutaxassisligida tahsil olayotgan talabalarni auditoriyadan tashqari ishlarda asosan ijod qilish, ilmiy ishlar bilan shug‘ullanish, to‘garak va seksiyalarga qatnashishga yo‘naltiradi;
  • amaldagi DTSlariga muvofiq magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha ta’lim dasturlarini hamda dars jadvallarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
  • magistratura mutaxassisliklarida tahsil olayotgan talabalar uchun o‘quv va uslubiy adabiyotlar, ko‘rgazmali qo‘llanmalar tayyorlashni tashkil etadi;
  • iqtidorli magistrantlar bilan ishlash, ularni olimpiada va tanlovlarda, shu jumladan Prezident va Davlat stipendiyasi tanlovlarida ishtirok etishlarini tashkil etadi;
  • magistratura mutaxassisliklari bitiruvchilarini ilmiy-pedagogik faoliyatga yo‘llash, ustoz-shogird tizimi hamda “El yurt umidi” jamg‘armasi imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda ularni tayanch doktorantura va doktoranturada o‘qishini davom ettirish hamda kafedralarda pedagogik faoliyat olib borishiga tavsiya etadi.