Phone number :
+998 97 217 68 84
Nemis va fransuz tillari kafedrasi mudiri
+998 97 217 68 84
akmaltursunov969@gmail.com
Kafedra tarixi: Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutining Nemis va fransuz tillari kafedrasi o‘z faoliyatini 2024-yil 4-sentyabrdan boshlagan. Kafedraga filologiya fanlari doktori, professor A.X.Tursunov rahbarlik qilib kelmoqda.
Hozirgi kunda kafedrada professor-o‘qituvchilar soni 16 nafar, shundan: 7 nafar ilmiy darajaga ega, 5 nafar dotsent, 7 nafar katta o‘qituvchi 5 nafar o‘qituvchi va stajyor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda.
Kafedraning ilmiy salohiyati 43 % tashkil etadi.
Bakalavr yo‘nalishi:
Magistratura ixtisosligi yo‘nalishlari:
Kafedraning ilmiy-pedagogik yo'nalishlari:
1) Ta'limni raqamlashtirish sharoitida nemis, fransuz tilini o'qitish metodikasi;
2) Nemis, fransuz tilini chet tili sifatida o'qitishning zamonaviy yondashuvlari;
3) adabiy aloqalar va tarjimashunoslik muammolari.
Kafedraning istiqbolli rejalari:
- tajriba almashish, akademik harakatchanlik dasturlarini yaratish, bakalavriat yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo'yicha qo'shma (dual) ta'lim dasturlarini tashkil etish doirasida Germaniya va Fransiyaning etakchi universitetlari bilan xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;
- xalqaro hamkorlik doirasida qo'shma ilmiy-amaliy konferensiyalar, mahorat darslari, ma'ruzalar va amaliy mashg' ulotlar, seminarlar va treninglar o'tkazish;
- qo'shma loyihalarda ishtirok etish va o'quv, uslubiy, ilmiy adabiyotlarni yaratish bo'yicha kompleks dasturlarni ishlab chiqish