Xodim

Bo‘lim boshlig‘i

SAMIXANOV BAHODIR MINAVARXANOVICH

Phone number :

+998 97 255 17 22

Email address :

samixanovbahodir@gmail.com

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limining vazifalari:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy ta’lim vazirligining buyruq va ma’lumotlarini shuningdek, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunda va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalarni talabalarga, tyutorlar, guruh murabbiylarga va professor-o‘qituvchilarga o‘z vaqtida yetkazishni tashkil etish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ma’ruzalari, yig‘ilish bayonlari, Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan qarorlarni talabalarga, professor-o‘qituvchilarga o‘z vaqtida yetkazish, har tomonlama tushuntirish ishlarini tashkil etish;

Ma’naviy-ma’rifiy tarbiya jarayonidagi boshqarish tizimini muntazam ravishda takomillashtirib borish;

Ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlar rejasi va dasturlarini ishlab chiqish va uning amalga oshirilishini nazorat qilish;

ustoz-shogird tizimini takomillashtirib borish tizimini yo‘lga qo‘yish;

ustoz-murabbiylar tomonidan o‘tkazilayotgan murabbiylik soatlarini samarali o‘tkazilishini ta’minlab borish;

institutda о‘tkaziladigan “Ma’naviyat kuni” tadbirlarining mazmunli o‘tkazilishini tashkil etish;

turli tarbiyaviy yo‘nalishdagi uchrashuvlar o‘tkazish;

huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda ishlash tizimini takomillashtirib borish;

talaba-yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasi masalalariga oid ilmiy-uslubiy va amaliy adabiyotlar, qo‘llanmalar tayyorlab borish va ularni chop ettirish ishlarini amalga oshirish hamda tarbiyaviy ahamiyatga molik adabiyotlar bilan ta’minlash;

talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishni tashkil qilish;

talabalar turar joyida va ijarada yashovchi talabalarning yashash sharoitlarini muntazam nazorat qilib borishni tashkil qilib borish;

institutda sport-sog‘lomlashtirish, maishiy xizmat, ovqatlanish, dam olish, madaniy hordiq chiqarish tizimlarining uzluksiz, sifatli ishlashini ta’minlash maqsadida nazorat qilish;

institutda turli xildagi ko‘rik-tanlovlar, festivallar, spartakiadalar, olimpiadalar o‘tkazishni tashkil qilish;

moddiy jihatdan kam ta’minlangan, ko‘p bolali oilalardan chiqqan, nogiron va chin yetim talabalarning moddiy ahvolini yaxshilash maqsadida, ahvolini aniqlash hamda ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yicha muntazam ish olib borish va institut rahbariyatiga takliflar kiritish;

institutda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar va talaba-yoshlarning millati, jinsi, sog‘lomligi, diniy e’tiqodi, tashqi ko‘rinishi va irqiga qarab huquqlarini cheklash, xo‘rlash holatlarining oldini olish, ayollar va erkaklarning gender tengligini saqlash, ularning erkin ijod qilishi va iqtidorlarini namoyon etishlariga keng sharoitlar yaratib berish;

diskriminatsiya va zo‘ravonlikka qarshi kurashish;

kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtojlar, chin yetimlar va boquvchisini yo‘qotgan talabalarning jamiyatda o‘z o‘rnini topishga ko‘maklashish, zarur ko‘nikmalarni shakllantirish va qiziqishlaridan kelib chiqqan holda fan va kasb-hunar to‘garaklariga jalb etish, zarur hollarda tegishli imtiyozlar bilan ta’minlash;

bayramlar va allomalarning tavallud kunlari munosabati bilan turli mavzularda tadbirlar tashkil qilib borish;

talaba va professor-o‘qituvchilarni kino-teatrlarga, muzeylarga, tarixiy ziyoratgohlarga tashriflarini tashkil etib borish;

institutda talabalarning ota-onalari, mahalliy hokimiyatlar, xayriya jamg‘armalari, mahallalar va fakultetlar tomonidan olib borilayotgan ishlarni tashkil etish va nazorat qilish;

talabalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar zamirida, mustaqil O‘zbekiston Respublikasining haqiqiy fuqarolari etib shakllantirish;

talabalar milliy g‘ururini shakllantirish;

Vatan oldidagi fuqarolik va farzandlik burch, vazifalarini sidqidildan bajarishga tayyorlash;

respublika, viloyat, shahar va oliy ta’lim tashkilotida bo‘ladigan turli jamoat ishlari, tadbirlarida professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirokini ta’minlash;

tarbiyaviy ishlar yo‘nalishlari va ularning samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif kiritish va boshqalar.

 

MA’LUMOT

Samixanov Bahodir Minavarxanovich 1987-yil 22-iyulda Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida ziyoli oilasida tavallud topgan. Millati o‘zbek.

1993-2002 yillarda To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tahsil olgan.

2002-2004 yillarda Farg‘ona shahridagi general mayor G‘ulomjon Zokirov nomidagi Respublika huquqiy kasbga yo‘naltirilgan harbiy letseyda o‘qigan.

2004-yilda Namangan muhandislik pedagogika institutini kasbiy ta’lim - Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi yoʻnalishi boʻyicha bakalavriat bosqichini tamomlagan.

2024-yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik Oliy maktabini Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik boʻyicha magistratura mutaxassisligini tamomlagan.

Mehnat faoliyati. 2008-2009 yillarda To‘raqo‘rg‘on sanoat-transport, aloqa kasb-hunar kolleji ishlab chiqarish ta’limi ustasi,

2009-2010 yillarda To‘raqo‘rg‘on sanoat va transport kasb-hunar kolleji o‘qituvchisi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati boshlang‘ich tashkilot yetakchisi,

2010-2017 yillarda To‘raqo‘rg‘on iqtisodiyot va servis kasb-hunar kolleji ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari,

2017-2020 yillarda To‘raqo‘rg‘on tumani hokimligining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha bosh mutaxassisi,

2020-2021 yillarda Namangan viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha mutaxassisi,

2021-2022 yillarda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Namangan viloyati boshqarmasining To‘raqo‘rg‘on tumani bo‘yicha bosh mutaxassisi,

2022-yildan buyon Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Umumiy ish staji - 22 yil. Ilmiy va pedagogik ish staji-18 yil. Oliy ta’lim tizimidagi ish staji - 4 yil.

Samixanov Bahodir Minavarxanovich 2022-yilda “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan mukofotlangan.

Oilali va 3 nafar farzandning otasi.