Phone number :
+99 (894) 908-53-57
XODIMLAR BO'LIMI BOSHLIG'I
+99 (894) 908-53-57
abduvali.namsifl@gmail.com
Bo‘limning vazifasi:
Xodimlar bo‘limi xodimning yagona xodimlar siyosatini shakllantirish va amalga oshirilishini, xodimlar bo‘limida xatlar va hujjatlar bilan ishlash, mehnat huquqiy munosabatlarini rasmiylashtirish, xodimlarning shaxsiy hujjatlar yig‘ma jildlari, mehnat daftarchalarini va xodimlar bo‘limi faoliyatiga oid turli hisobotlarni yuritilishini ta’minlovchi mustaqil tarkibiy bo‘linma hisoblanadi.
Bo‘lim o‘z muhriga ega bo‘lib, bevosita Is’hoqoxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti rektoriga bo‘ysunadi.
Bo‘lim institut shtat jadvalini Reja-moliya bo‘limi bilan birgalikda muvofiqlashtiradi va shtat jadvaliga asosan ish olib boradi.
Xodimlar masalasi bo‘yicha boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borishni yo‘lga qo‘yadi va tashkillashtiradi.
Professor-o‘qituvchi, ma’muriy va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni ishga olish, ishdan bo‘shatish, lavozimini o‘zgartirish, mehnat ta’tili berish va muddatidan avval ishga chaqirib olish, qo‘shimcha ta’til buyruqlarini rasmiylashtirish, tanlovdan, attestatsiyadan o‘tish muddatlarini aniqlab, belgilashni nazorat qiladi.
Professor-o‘qituvchi va xodimlarni, institut ichki tartib-qoidalariga amal qilishi va O‘zbekiston Respublikasi Qonunlarini buzmasliklarini umumiy nazorat qilish, ularni rag‘batlantirish, moddiy yordam ko‘rsatish, intizomiy jazo choralarini qo‘llash yuzasidan dekan va kafedra mudirlari bilan kelishgan holda rahbariyatga taklif kiritadi.
Harbiy xizmatga majbur bo‘lganlar, harbiy xizmatga chaqiruv yoshidagi o‘smirlarning hisobini tegishli bo‘lim (2-bo‘lim) bilan hamkorlikda olib boradi va nazorat qiladi.
Bakalavriyat va magistratura bitiruvchilarini institutga ishga jalb etish uchun muloqotlar tashkillashtiradi.
Professor-o‘qituvchi, ma’muriy va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning shaxsiy yig‘ma jildini, shaxsiy kartochkasini (T-2 shakl), shaxsiy ma’lumotnomasini (obyektivka) shakllantiradi, belgilangan tartibda yuritilishini tashkil etadi.
Bo‘lim boshqaruvi
Bo‘lim 2 nafar xodim: bo‘lim boshlig‘i va inspektordan iborat.
Bo‘lim boshlig‘i va inspektor institut rektori buyrug‘iga asosan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Bo‘lim boshlig‘i bo‘lmagan (ta’til, betoblik, xizmat safari) davrda uning vazifasini bajarish rektor tomonidan bo‘limning inspektoriga yuklatiladi.
Bo‘limga xodimlar bo‘limi sohasida ish tajribasiga ega bo‘lgan malakali mutaxassislar ishga qabul qilinadi.