Xodim

Kafedra mudiri

Amanov Akmal Aripjonovich

Ingliz Tili O'qitish Metodikasi Kafedra Muduri

Phone number :

+9989-97-510-10-02

Email address :

mr_anderson.uz@mail.ru

Kafedra tarixi: Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutining Ingliz tili o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘z faoliyatini 2023-yil 4-sentyabrdan boshlagan. Kafedraga pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Amanov Akmal Aripjonovich rahbarlik qilib kelmoqda.

Kafedra tarkibi:

Hozirda Ingliz tili o‘qitish metodikasi kafedrasida asosiy shtatda 17 ta professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi.

 Kafedraning asosiy maqsadi: Taʼlim to‘g‘risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining ustuvor vazifalarini taʼminlash doirasida zamon talablariga javob beruvchi va jahon andozalariga mos yetuk mutaxassis kadrlarni tayyorlashdan iborat.

Kafedraning asosiy vazifalari quyidagilardan  iborat:

oliy taʼlimning davlat taʼlim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalarda belgilangan amaliy va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni yuksak uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish;

talabalar bilimini kredit-modul tizimi asosida adolatli va shaffof baholash;

talabalarning bilim va ko‘nikmalarini amaliyot bilan bog‘lash uchun shart-sharoit yaratish;

kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlari, sillabus va kalendar rejalarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek, turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlarini muhokama qilish;

darslik, o‘quv, uslubiy qo‘llanmalarni tayyorlash va nashr etiladigan boshqa darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni muhokama qilib borish;

nodavlat taʼlim muassasalari buyurtmalari bo‘yicha zaruriy o‘quv-uslubiy adabiyotlarni tayyorlashda ishtirok etish;

iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularni fan olimpiadalariga, turli tanlovlarga tayyorlash, ilmiy izlanishlar olib borishi va mustaqil taʼlim olishining shakl va uslublarini takomillashtirish; 

 

kafedra professor-o‘qituvchilariga ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun shart-sharoit yaratish;

tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish va keyingi bosqichlarga tavsiya etish;

taʼlim, fan va ishlab chiqarishning integratsiyalashuvini taʼminlash;

kafedra professor-o‘qituvchilarining o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ustoz-shogird ishlari bo‘yicha shaxsiy rejalarini ko‘rib chiqish va tasdiqlash;

mahoratli professor-o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish va tarqatish, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish va ularni dars jarayoniga tatbiq etish.

Kafedrada quyidagi yo‘nalishlar mavjud:

60110900- Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)

70110901- Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)