Phone number :
+998 99 977 69 91
GUMANITAR FANLAR VA JISMONIY TARBIYA KAFEDRASI KAFEDRA MUDIRI
+998 99 977 69 91
butsefal-991@mail.ru
GUMANITAR FANLAR VA JISMONIY TARBIYA KAFEDRASI
Kafedra 2023-yilda Sharq tillari, gumanitar fanlar va jismoniy tarbiya nomi ostida tashkil etilgan bo‘lib, unda 14 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Shundan 7 nafari ilmiy darajaga ega bo‘lib, kafedraning ilmiy salohiyati 50 foizni tashkil etadi.
2024-yilda kafedra Gumanitar fanlar va jismoniy tarbiya nomi ostida qayta tashkil etildi.
2023–2026-yillar mobaynida kafedra a’zolari tomonidan 4 ta fan bo‘yicha darslik va 5 ta fan bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalar chop etildi.
Shuningdek, 2023–2026-yillar davomida Rossiya Qirg‘iziston, Qatar, Bahrain va BAA davlatlaridagi oliy o‘quv yurtlariga tashriflar amalga oshirilib, turli hamkorlik rejalari asosida qo‘shma tadbirlar o‘tkazilmoqda.
2024-yilda kafedra tomonidan “O‘zbekistonning eng yangi tarixidagi turli masalalar” mavzusiga bag‘ishlangan Respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi.
Namangan viloyati, Chust tumanidagi 3-sonli Politexnikumda kafedra filiali tashkil etilgan. Filial o‘z faoliyati davomida texnikum o‘qituvchilarini ilmiy ishlarga jalb qilish hamda ular uchun master-klasslar o‘tkazish ishlarini amalga oshirmoqda.
Kafedra hamkorligi doirasida Namangan davlat pedagogika instituti bilan ham qo‘shma ishlar tashkil etilgan bo‘lib, fan dasturlari va o‘quv-uslubiy majmualar ishlab chiqilmoqda. Shuningdek, xo‘jalik shartnomasi asosida maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim va tarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazib kelinmoqda.