Phone number :
+998 94 216 84 24
O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig'i
+998 94 216 84 24
umidjon.soliyev.83@inbox.ru
Soliyev Umidjon Yulchivoyevich 1983-yil 16-oktabrda Namangan viloyati Chust tumanida ishchi oilasida tavallud topgan. Millati o‘zbek.
1991-2001 yillarda Chust tumanidagi 39-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tahsil olgan.
2006-yilda Toshkent viloyat davlat pedagogika institutini 5141400-Ingliz tili taʻlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavriat bosqichini tamomlagan.
2008-yilda Toshkent viloyat davlat pedagogika institutini 5A 141401-Ingliz tili boʻyicha magistratura mutaxassisligini tamomlagan.
Mehnat faoliyati. 2008-2014 yillarda Toshkent viloyat davlat pedagogika instituti: “Ingliz tili va adabiyoti” kafedrasi o‘qituvchisi sifatida,
2014-2015 yillarda Toshkent viloyatidagi Angren avtomatika va servis kasb-hunar kolleji ingliz tili o‘qituvchisi sifatida,
2015-2016 yillarda Namangan davlat universiteti “Ingliz tili va adabiyoti” kafedrasi o‘qituvchisi sifatida,
2016-2022 yillarda Namangan davlat universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti dekan o‘rinbosari sifatida,
2022-2023 yillarda Namangan davlat chet tillari instituti “Ingliz tili va adabiyoti” kafedrasi katta o‘qituvchisi sifatida,
2023-yilda 2024 yil yanvar oyiga qadar Namangan davlat chet tillari instituti, Jahon tillari fakulteti dekani sifatida,
2024 yil yanvar-2024-yil oktabr oyiga qadar Namangan davlat chet tillari instituti, Jahon tillari fakulteti dekan o‘rinbosari sifatida,
2024-yil 4-oktabrdan 2025-yil 3-sentabrga qadar Namangan davlat chet tillari instituti, Til va tarjima fakulteti dekan o‘rinbosari lavozimida;
2025-yil 4-sentabrdan hozirga qadar Namangan davlat chet tillari instituti, O’quv-uslubiy boshqarma boshlig’i lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ishini 2024-yil 19-dekabrda Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/05.05.2023.fil.163.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengashda “Talabalarning ingliz tilida o‘qish kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi (Amaliy matematika yo‘nalishi misolida)” mavzusida 13.00.02 – Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) ixtisosligida himoya qilgan.
Umumiy ish staji-23 yil. Ilmiy va pedagogik ish staji-19 yil. Oliy ta’lim tizmidagi ish staji-16 yil.
Soliyev Umidjon Yulchivoyevich 2013-yilda “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan mukofatlangan.
2024-yil fevral oyida ITEC dasturi doirasida Hindistonning Bhopal oʻqituvchilarni malakasini oshirish va tadqiqotlar milliy institutida (National Institute of Technical Teacher’s Training and Reaserch) o‘tkazilayotgan “Inkluziv ta'lim bo‘yicha xalqaro hamkorlik” nomli kursda malaka oshirib qaytgan.
Soliyev Umidjon Yulchivoyevich Xorijiy tillardan ingliz, nemis va rus tillarini o‘rgangan. U oilali va 3 nafar farzandning otasi.
O‘quv-uslubiy boshqarmaning vazifalari: